AsosiyShou-biznes

​Mel Gibsonning uchinchi rafiqasi unga to`qqizinchi farzandni hadya qildi

'​Mel Gibsonning uchinchi rafiqasi unga to`qqizinchi farzandni hadya qildi'ning rasmi

Taniqli amerikalik aktyor va rejissyor 61 yoshli Mel Gibson to`qqizinchi bor ota bo`ldi, deb yozadi “Vesti”. Qiz farzandni aktyorning uchinchi rafiqasi 26 yoshli Rozalind Ross dunyoga keltirdi.

Juftlik oilasidagi baxtli hodisa 20 yanvar kuni Los-Anjelesda yuz berdi. Yangi tug`ilgan qizchaga Lars Jerard Gibson deb ism qo`yildi.

“Ular hayajonda. Melning quvonchi cheksiz. Ular o`z uylarida, hamma sog`-salomat va baxtiyor”,—deydi Mel Gibsonning tanishlaridan biri.

Aktyorning Lars Jerarddan tashqari yana sakkiz nafar farzandi bor.

Ulardan etti nafari aktyorning Robin Mur bilan birinchi nikohidan tug`ilgan. Aktyor birinchi rafiqasi bilan 21 yil birga yashagan. 2009 yilda aktyorning ikkinchi rafiqasi,rossiyalik model Oksana Grigoreva ham qiz farzandni dunyoga keltirgan edi. Oradan bir necha oy o`tib, juftlik katta mashmasha bilan ajrashgan edi. Mel Gibson to`qqizinchi farzandining onasi Rozalind Ross bilan 2015 yilda tanishgan. U o`z intervyularidan birida Rozalindni bir ko`rishdayoq sevib qolganini aytgan edi.

Boshqa yangiliklar