Toshkentda start olgan O`zbekistonni rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi muhomasiga bag`ishlangan media-haftalik o`z ishini davom ettirmoqda.
Violen de Vilmor, Fransiyaning O`zbekistondagi elchisi:
—Biz media-haftalik tashkil etilganini eshitishimiz bilanoq unda ishtirok etish istagi tug`ildi. Harakatlar strategiyasi loyihasi bo`yicha xalq fikrini o`rganish biz uchun qiziq. Mazkur brifinglar davomida mamlakatning kelajakdagi rivojlanishi yo`nalishida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani va qanday islohotlar kutilayotgani haqida batafsil ma`lumot beriladi. Bu esa hammamizga kelajakka ishonch va umid uyg`otadi.
Odamlar ishonchini oqlash uchun qanday qarorlar qabul qilinishi ham qiziq jarayon. Bu media-haftalik esa fuqarolar mazkur loyihadan nima kutayotganini aniqlashga yordam beradi. Bu juda muhim, bu xalq bilan muloqot. Bu erda o`ta pozitiv atmosfera hukm surmoqda.