Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik tadbirlari davom etmoqda. Ushbu haftalik doirasida muhokamalarda chet-l vakillari ham ishtirok etishmoqda.
Vinod KUMAR, Hindistonning O`zbekistondagi elchisi:
– Men bugun 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoat muhokamasida ishtirok etayotganimdan mamnunman.
O`ylashimcha, dastlabki ishlar amalga oshirib bo`lingan. Ushbu media-haftalikning tashkil etilishi juda yaxshi g`oya bo`ldi va bu narsa albatta Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihaga o`zining katta hissasini qo`shadi va O`zbekistonni kelgusi rivojida mustahkam poydevor bo`ladi. Bugun bu erda turli soha vakillari bilan ko`rishib turganimdan juda mamnunman, ushbu tadbirga xalqaro tashkilot vakillari hamda diplomatlarning taklif etilganligi loyiha bilan yanada yaqinroq tanishish imkonini berdi.
Mazkur loyiha hukumatni boshqarishga xalqni yanada ko`proq jalb qilishda va bu jarayonga ularni ishtirokini ta`minlashda juda yaxshi g`oya sanaladi.