1

​O`zbekistonda sudyalar endi umrbod faoliyat ko`rsatishi mumkin

Jamiyat 24.01.2017, 16:55
Teglar: media week
​O`zbekistonda sudyalar endi umrbod faoliyat ko`rsatishi mumkin

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik doirasida 24 yanvar kuni “Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Senati va Qonunchilik Palatasi, mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. So`zga chiqqanlar mazkur Harakatlar Strategiyasida belgilangan Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari, bu borada amalga oshirilishi kutilayotgan o`zgarishlar, bildirilayotgan taklif va mulohazalar xususida so`z yuritdilar.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalikka nomzodlarni tanlash va tavsiya qilish bo`yicha komissiya vakili Abdulhamid Komilov mazkur muhim hujjatda ilgari surilgan, sudyalarning yoshi xususidagi masalaga alohida to`xtaldi:

–Ma`lumki sud-huquq tizimida sudyalik lavozimiga tayinlash alohida mas`uliyat va e`tiborni talab etadi, – dedi Abdulhamid Komilov. – Qadimdan bu vazifa o`ta tajribali, hayotning achchiq-chuchugini, past-balandini bilgan, aqlli donishmand insonlarga ishonib topshirilgan. Mazkur Harakatlar Strategiyasida ham mamlakatimizda sudya lavozimida bo`lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o`n yillik muddatini va shundan so`ng muddatsiz davrini belgilash ko`rsatilgan. Ya`ni sudyalik davomida ilk marotaba besh yilga saylangan yurist o`z vazifalarini namunali bajargan taqdirda uni keyinchalik o`n yilga va hatto umrbod muddatga ushbu vazifaga tayinlash ko`zda tutilgan.

Mazkur masala borasida ham jamoatchilikning fikr-mulohazalari o`rganilmoqda. Ma`lumki, mamlakatimizda sudyalik lavozimiga tayinlanishi uchun fuqaro kamida o`ttiz yoshga to`lgan bo`lishi kerak. U deylik, 22-23 yoshida o`qishni bitirgan bo`lsa, kamida besh yil ushbu tizimda ishlab, tajriba orttirishi lozim. Shundan so`ng u ushbu lavozimga munosib ko`rilishi mumkin. Tizimda uzoq yillar halol, namunali ish yuritgan sudyalarning tajribasidan keng foydalanish, ularning xizmat davomiyligini ta`minlash barqaror sudyalar maktabini yaratishda muhim o`rin tutadi.

Sharhlar

​Prezident O`zbekistonni rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi

08.02.2017, 09:34

Prezident Shavkat Mirziyoev 2017−2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari...
​Media-haftalik: Harakatlar strategiyasi loyihasining so`nggi yo`nalishi muhokama etilmoqda

27.01.2017, 12:05

27 yanvar kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik o`z faoliyatini yakunlaydi.Kun turtibidan...
​O`zbekistonda 11 yillik ta`lim tizimi qayta joriy etiladimi?

26.01.2017, 16:29

So`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda hamda aholi o`rtasida O`zbekistonda 11 yillik ta`lim tizimi qayta tiklanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning...
​Media-haftalik: Ijtimoiy sohani rivojlantirish siyosatining muhokamasi boshlandi

26.01.2017, 11:05

26 yanvar kuni Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalikning 4-kuni boshlandi.Bugun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1