AsosiyJamiyat

​O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasida bir qator kelishuv bitimlari imzolandi

'​O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasida bir qator kelishuv bitimlari imzolandi'ning rasmi

24 yanvar kuni Qobul shahrida rasmiy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegasiyasi Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo`yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha Prezidentning maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bilan uchrashuvlar o`tkazdi.

Shuningdek, 23-24-yanvar kunlari Qobul shahrida O`zbekiston delegasiyasining sanoat assosiasiyalari va xo`jalik subektlari vakillaridan iborat a`zolari afg`onistonlik hamkorlari bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar ham o`tkazdilar.

Tashrif doirasida qisqa muddat ichida tashqi savdo aylanmasi ko`rsatkichlarini 1,5 mlrd. AQSh dollariga etkazish imkonini beradigan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy “Yo`l xaritasi”; qo`shma temir yo`l va avtomobil yo`li loyihalarida O`zbekiston tomoni ishtirokini ko`zda tutadigan Transport infratuzilmasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadlari to`g`risidagi Protokol; Xavfsizlik masalalari bo`yicha Qo`shma kommissiya tuzish maqsadlari to`g`risidagi protokol; O`zaro anglashuv to`g`risida vazirliklararo memorandum; Narkotik vositalar, psixoterapik moddalar va ularning preskurorlarini noqununiy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to`g`risida ichki ishlar vazirliklari o`rtasida Bitim imzolandi.

O`zbekiston va Afg`oniston biznes tuzilmalari vakillari tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar, “tez yordam” avtomobillari, bug`doy, elektrmaishiy texnikasi etkazib berish bo`yicha umumiy qiymati 49.3 mln. AQSh dollaridan ortiq bo`lgan o`zaro manfaatli shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, “O`zsanoateksport” AJ savdo uyining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Savdo uyi binosida mamlakatimiz tadbirkorlari mahsulotlarining doimiy faoliyat yuritadigan “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan” ko`rgazmasini tashkil etish ko`zda tutilmoqda.

Boshqa yangiliklar