AsosiyJamiyat

​Misrning O`zbekistondagi elchisi: “Media-haftalik O`zbekiston haqida ma`lumot olishimga ko`mak bermoqda”

'​Misrning O`zbekistondagi elchisi: “Media-haftalik O`zbekiston haqida ma`lumot olishimga ko`mak bermoqda”'ning rasmi

Poytaxtda o`z ish faoliyatini davom ettirayotgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik tadbirlari davom etmoqda.

Amani Al-Itr, Misr Arab Respublikasining O`zbekistondagi elchisi:

—Eng avvalo, men taklif uchun media-haftalik tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. Bu O`zbekiston Respublikasining kelajakdagi rejalari haqida ma`lumot olish uchun yangi imkoniyat. Bu imkoniyat xalq bilan muloqot va ko`tarilayotgan masalalar muhokamasini yaratishga katta umid bag`ishlaydi. Xususan, men bu muloqotni ochiq-oshkoralik ruhida o`tmoqda, deb bemalol ayta olaman. Fuqarolar mamlakatni rivojlantirish harakatlari strategiyasida savollar va takliflari bilan ishtirok eta olishi quvonarli holat. Men va boshqa hamkasblarim media-haftalik doirasida o`tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz. Bu O`zbekiston va uning kelajakdagi rejalari haqida ko`proq ma`lumot olishimizga yordam beradi”.

Ma`lumot uchun, media-haftalik 27 yanvarga qadar davom etadi.



Boshqa yangiliklar