AsosiyShou-biznes

​Lola ayollardagi qaysi xislatlar erkaklar e`tiborini jalb qilishi haqida gapirdi

'​Lola ayollardagi qaysi xislatlar erkaklar e`tiborini jalb qilishi haqida gapirdi'ning rasmi

Xonanda Lola o`zini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borayotgan muxlislariga murojaat qilib, erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlar haqida so`z yuritdi.

“Qizlar, erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlar haqida biroz so`z yuritsak.

Tashqi ko`rinish, aql, yosh, ijtimoiy holat, ijobiy fazilatlar—bularning barchasi ikkinchi darajali.

Ongli ravishda va hatto instinkt darajasida erkakni ayoldagi ichki holat o`ziga jalb qiladi. Qanday?(shu erda erkaklar ko`zingizni yumib turing)-bu sizning o`z-o`zingizdan va hayotingizdan lazzatlanishingizdir. Bu xudbin, beparvo va o`z-o`ziga bino qo`yish degani emas. Agar siz o`z hayotingizdan zavq olishni o`rgangan bo`lsangiz, ishlayapsizmi, dam olyapsizmi, qahva ichyapsizmi yoki mashina boshqaryapsizmi, bu muhim emas, siz albatta yoningizdagilarning e`tiborini jalb qilasiz, ularda o`zingizga nisbatan qiziqish uyg`otasiz.

O`z-o`zidan zavq olish, bu murakkab san`at, biroq uni o`zlashtirgan ayol kuchli magnitga aylanadi. Haqiqiy ayol erkakka go`zalligi, aqli, tanasini emas, balki uning sevimli ayoli yonidagi holatini hadya etadi. Va diqqat! Erkakka muhabbat, ayolning o`z-o`ziga muhabbatidan boshlanadi. Aziz ayollar, siz o`zingizni sevishni boshlamaguningizga qadar har bir erkak siz uchun shunchaki yolg`iz qolishdan qo`rquvingizni engishga yordam beradigan psixoterapevt vazifasini bajaradi. Va yana bir fikr. Hech qachon erkaklarni ‘Ular hammasi bir xil’ qabilida umumlashtirmang. Hamma erkaklar har xil. Har bir ayol o`z olamini yaratadi va uning atrofida, ayol o`z hayotiga qiziqish uyg`ota olgan erkaklar bo`ladi”—deb yozadi Lola.

Ma`lumot uchun, avvalroq Lola bo`lajak turmush o`rtog`i bilan ikki yil avval tanishganini ma`lum qilgan edi.

Boshqa yangiliklar