1

Asakadagi avtomobil zavodi, Toshkent xalqaro aeroporti va boshqa ob`ektlar Islom Karimov nomi bilan ataladi

Jamiyat 25.01.2017, 20:48
Teglar: Islom Karimov
Asakadagi avtomobil zavodi, Toshkent xalqaro aeroporti va boshqa ob`ektlar Islom Karimov nomi bilan ataladi

O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nomi qaysi ob`ektlarga berilishi ma`lum bo`ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida Qaror imzolagani haqida xabar bergandik.

Qarorga ko`ra, quyidagi muassasa va ob`ektlarga Birinchi Prezident Islom Karimov nomi berilishi topshirildi:

Toshkent davlat texnika universitetiga;

Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;

Farg`ona shahridagi San`at saroyiga;

Toshkent xalqaro aeroportiga;

Mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko`chalarga Islom Karimov nomi beriladi.

Sharhlar

Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

30.01.2023, 10:48

#30 yanvar_O`zbekistonning_Birinchi_Prezidenti_Islom_Karimov_tug`ilgan_kunBugun, 30 yanvar — O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug`ilgan kun. Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil Samarqand shahrida tavallud topgan va 2016 yil 2...
Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

02.09.2022, 10:26

Islom Abdug`anievich Karimov – O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Birinchi prezident Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni og`ir xastalikdan so`ng 78 yoshida vafot etdi. Ushbu...
Davlat rahbarlari Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

29.11.2019, 19:10

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 29 noyabr kuni rasmiy muzokaralardan so`ng, dastavval Ko`ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko`chatlar  ekishdi. Shundan so`ng, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik...
Islom Karimov bolaligida kimga o`xshagisi kelgan?

07.11.2018, 15:00

Islom Karimov fondi O`zbekistonning Birinchi prezidenti rafiqasining xotiralarini e`lon qildi.Tatyana Karimova Islom Karimovning bolaligi urush va urushdan keyingi og`ir damlarga to`g`ri kelgani haqida yozdi:"Urushdan keyin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1