AsosiyDunyo

​Trampning farmonidan norozi bo`lgan Madlen Olbrayt musulmon diniga o`tishga tayyorligini bildirdi

'​Trampning farmonidan norozi bo`lgan Madlen Olbrayt musulmon diniga o`tishga tayyorligini bildirdi'ning rasmi

AQShning sobiq bosh kotibi Madlen Olbrayt prezident Donald Trampning musulmon muhojirlariga nisbatan yuritgan siyosatidan norozi bo`lib, ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida musulmon diniga o`tishga tayyorligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Chorshanba kuni Donald Tramp Meksikaning chegarasida, ikki davlatni ajratib turuvchi devor qurilishiga, shu bilan birga, nolegeal muhojirlar va chet ellik jinoyatchilarga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risidagi farmonga imzo chekdi.

AQSh prezidentining musulmon mamlakatlaridan bo`lgan qochoqlarni mamlakat hududiga kirishini chegaralash niyati borligi haqida ham xabarlar tarqaldi. Donald Tramp saylov kampaniyasi vaqtida terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish doirasida musulmon diniga mansub bo`lgan odamlarni maxsus hisobga olishni taklif qilgan edi.

Olbrayt o`zining Twitter blogida Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali yonida uzoq yillar faoliyat yuritgan AQShga kirish uchun ruxsat beruvchi muhojirlar markaziga shama qilgan holda “Ozodlik haykalida mayda shrift yo`q. Qaysi dinga, qaysi irqqa mansub bo`lishidan qat`i nazar Amerika barcha uchun ochiq bo`lishi kerak!”, deb yozdi.

Boshqa yangiliklar