O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O`zbekiston Qahramoni Islom Abdug`anievich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari birgalikda Birinchi Prezidentimiz ko`p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O`zbekiston ko`chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish topshirildi.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoev Qarori bilan Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo`yicha joylashtiriladi.
Islom Karimov muzeyi Samarqand shahrida tashkil etiladi.