AsosiySalomatlik

​Kontakt linzalardan foydalanish uchun 7 tavsiya

'​Kontakt linzalardan foydalanish uchun 7 tavsiya'ning rasmi

Kontakt linzalar o`zining qulayligi bilan ko`zoynakdan ancha afzal. U bilan sport mashqlarini bajarish, turli rasmiy uchrashuvlar, shaxsiy muammolar, shuningdek boshqa masalalrda ham kun bo`yi xech bir qiyinchiliksiz foydalanish mumkin. Agar bemor kontakt linzalar xususida ma`lumotga ega bo`lmasa yoki uni to`g`ri tozalay olmasa, bu ko`zning ko`rish qobiliyatining keskin pasayishi va allergiya qo`zg`atishi yoki turli infeksion kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Agar siz ko`zoynakdan linzani afzal ko`rsangiz sizga quyidagi tavsiyalarni eslatib o`tmoqchimiz.

  • Linza foydalanishdan avval, albatta shifokor bilan maslahatlashish shart! Undan foydalanayotganda xavfsizlik choralari sizning salomatligingiz garovidir.
  • Linzadan birinchi kun 30-45 daqiqa foydalanish maqsadga muvofiqdir.
  • Ikkinchi kuni 1-2 soatga taqish mumkin. Shuningdek, kun ora vaqtni ko`paytirish maqsadga muvofiq holat hisoblanadi. Bir haftadan so`ng linzadan bemalol kun davomida foydalanishingiz mumkin. Ba`zi bemorlar linzadan 6-8 soat davomida foydalanishsa, boshqalari 15-16 soatda ham o`zini yaxshi his etadi. Agar undan 5-8 soat mobaynida foydalansangiz ko`zga hech qanday zarar etkazmaysiz.
  • Kun so`nggida linzani echgandan keyin ko`z oldingizda tuman yoki qorong`ulik sezsangiz bu — yomon holat bo`lib linzadan keragidan ortiq foydalanish natijasidir. Keyingi gal uni 1-2 soat oldin olib qo`ying. Uyquga ketishdan oldin linzani echishni unumang. Agar linza ko`zingizda qolib ketsa kislorod etishmasligi tufayli ko`z atrofida qichish paydo bo`lishi mumkin. Ko`zingiz tez yoshlanuvchi, turli vaziyatlar, ya`ni tutun, atir hidiga ta`sirchan bo`lsa, qichish alomatlari yuqori bo`lgan bemorlarga linzadan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ko`z qorachig`ining 15 gradusdan ko`proq aylanishi kuzatilgan bemorlar g`ilay (kosoglaz) noqisligi tufayli linzadan foydalanish ta`qiqlanadi.
  • Blefarit va demodekoz kasalligiga chalinganlar linzaga muxtojdirlar. Davolash jarayonida linzadan voz kechish lozim. Ko`z ichi quruq turiga kiruvchi bemorlarning linzalarini ko`proq tozalash, xavfsizlantirish, sun`iy yosh tomchilari va turli dorilardan samarali foydalanish shart.
  • Linzadan foydalanish bilan birga uni asrab- avaylash, tozalashni amalga oshirish kerak. Suyuq tozalovchi modda, konteynerlarni tez-tez almashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kontakt linzalarni gigiena talablari darajasida xavfsizlantirilmasa unga mikrob tushishi mumkin. Bu mitti mikroblar avval linzada o`sib, to`r qo`ygach ko`zga o`tib ketadi. Hozirda ko`z mikroblarining fanga 105 dan ortiq turi ma`lum.
  • Foydalanadigan linzani yaxshi tanlash ham yuksak mahorat talab etadi. Uni tana, qosh rangi bilan hamoxangligiga e`tibor bering. Undan foydalanib bo`lgach o`zining maxsus idishiga echib qo`ysangiz, uni tirnab zararlamaysiz. Foydalanib bo`lgan suyuqlikni qayta ishlatmang. Ko`zingizda qichish yoki qizarish alomatini sezsangiz ham undan foydalanishni maslahat bermaymiz. Agar yuqorida ta`kidlagan masalalarga befarq bo`lmasangiz bu sizni «qizil ko`z» sindromiga chalinishingizni oldini oladi.
  • Boshqa yangiliklar