1

​GM Uzbekistan xizmat sifatini yaxshilash maqsadida so`rovnoma o`tkazmoqda

Jamiyat 26.01.2017, 12:20
Teglar: GM Uzbekistan
​GM Uzbekistan xizmat sifatini yaxshilash maqsadida so`rovnoma o`tkazmoqda

“GM Uzbekistan” kompaniyasi 2017 yilning 25 yanvaridan mijozlarga xizmat ko`rsatish va mahsulot sifatini yaxshilash bo`yicha tavsiyalarni hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni olish maqsadida so`rovnoma o`tkazishni boshladi. Bu haqda "GM Uzbekistan" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

“2017 yil O`zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilindi. O`zbekiston rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar duch kelayotgan mavjud muammolarni hal etish vazifasini qo`ydi”,—deyiladi xabarda.

So`rovnoma 2017 yilning 3 fevraliga qadar davom etadi. So`rovnoma davrida kelgan barcha taklif va tavsiyalarni tahlil qilib chiqqandan so`ng, “GM Uzbekistan” kompaniyasi o`z faoliyatini takomillashtirish bo`yicha reja-dastur qabul qilish rejalashtirilgan. O`zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida qaror qabul qilinishi kerak bo`lgan masalalar ko`rib chiqilishi uchun mamlakat rahbariyatiga yuboriladi.

“GM Uzbekistan” kompaniyasi barchani mazkur so`rovnomada faol ishtirok etishga hamda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasidagi takliflarni quyidagi havolalar orqali kiritishlarini so`raydi:

o`zbek tilida:

https://docs.google.com/…/1FAIpQLSd2JxLTKNMDHDlRku...

rus tilida:

https://docs.google.com/…/1FAIpQLSdPT2z1e7kYLZoIde…/viewform.

“Biz uchun har bir iste`molchining fikri muhim. O`zingizning muammoli savollaringizni, istak va takliflaringizni maksimal darajada qisqa va lo`nda aks ettiring”,—deyiladi kompaniya xabarida.

Sharhlar

O`zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar soni keskin oshiriladi

05.01.2021, 21:17

2020 yil 28 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2021 – 2023 yillarga mo`ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori qabul qilingan edi....
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

30.09.2017, 09:32

GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat...
​«GM UZBEKISTAN» XODIMLARIDAN BIRINING FIRIBGARLIKKA YO`L QO`YGANLIGI YuZASIDAN AXBOROT BERDI

03.08.2017, 10:22

«GM Uzbekistan» AJ «Sirdaryoavtotexxizmat» MChJ xodimi Abdumurod Xakberdievni avtomobillarni sotishda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilariga berilgan sertifikatlardan foydalangan holda firibgarlikka yo`lga qo`yganligi sababli qo`lga olinganligi yuzasidan...
​O`ZBEKISTON BANKLARI AVTOKREDIT TAQDIM ETMAYaPTI

20.07.2017, 15:52

Ma`lumki, yaqin vaqtlardan beri O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olishning qulay imkoniyatlari paydo bo`lgandi. Milliy valyutada, naqd va naqdsiz to`lov, va eng muhimi – kreditga....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1