1

​Sovuqqa allergiyangiz bo`lsa...

Salomatlik 26.01.2017, 16:04
Teglar: Salomatlik
​Sovuqqa allergiyangiz bo`lsa...

Qishning sovuq kunlarida ba`zida yuz, qo`l, tananing turli erlariga toshmalar, shishlar chiqadi — ya`ni allergiya paydo bo`ladi. Chunki bu vaqtda organizmdagi immunitet tizimi biroz sustlashadi. Allergiya shuningdek, sovuq taom, sovuq ichimliklar ichganda, sovuq suvda cho`milganda yuzaga kelishi mumkin. Tibbiyotda bu toshmalar qavarchiq deyilsa, qadimda ular eshakemi deb yuritilgan. Ana shu mavzuda tahririyatga kelib tushgan savollarga javob qaytirsh maqsadida Respublika ilmiy-ixtisoslashgan allergologiya markazi oliy toifali shifokori,

Allergolog Qutbiddin Nizomovga murojaat qildik

Havo haroratining pasayishi bilan ba`zi insonlarda tez-tez aksa urish, labning qurishi, ko`karishi, ko`zning tinmay yoshlanishi, toshmalar toshib qichishishi kabi hollar kuzatiladi. Bu faqat sovuq qotishdan emas, asabiylashish, oshqozon-ichakdagi buzilish va shu kabi juda ko`plab holatlarda yuzaga kelishi mumkin. Bunday insonlar issiq joyga kirishlari bilan sovuqda paydo bo`lgan g`ayritabiiy toshmalar kamayadi.

Qon analizi tahlil qilinganda, eozinofillar miqdori shu bilan birga immunoglobulin E miqdori qisman oshishi kuzatiladi.

SINAB KO`RISh MUMKIN!

Qo`lingizning bilak qismiga muz bo`lakchasini yoki suv solib muzlatkichga qo`yilgan shisha idishchani qo`yib, 5-10 daqiqa ushlab turing. Agar shu vaqt davomida bilagingizda qavarchiq paydo bo`lsa, qichishish, qizarish yoki achishishni sezsangiz, demak sizda sovuqdan allergiyaga moyillik bo`lishi mumkin.

Ehtiyot bo`ling!

  • Allergiyaning qanday turi bo`lishidan qat`i nazar, allergiyasi bor insonlarga birinchi o`rinda asal iste`mol qilish mumkin emas. Chunki asal gul changlarini o`zida mujassamlashtiradi. Bu esa allergiya qo`zg`atuvchi kuchli vosita hisoblanadi.
  • Spirtli ichimliklar iste`mol qilish ham allergik holatni kuchaytiradi.
  • Allergiya qo`zg`agan vaqtda sovuq suvda cho`milish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, muzqaymoq, sovuq taom, sovuq ichimliklar, achchiq, sho`r mahsulotlar, qizil rangli (shotut, pomidor, tarvuz, qulupnay, malinali murabbolar, lavlagi) mevalar, rangli ichimliklar, bo`yoq qo`shilgan mahsulotlar, baliq va ot go`shtidan tayyorlanadigan taomlarni iste`mol qilmay turganingiz ma`qul.
  • Asalli, murabboli choy, yong`oq, eryong`oq, pista kabi quruq mevalarni iste`mol qilmaslik lozim.
  • Turli o`tlardan tayyorlangan damlamalarni ichish allergik holatni kuchaytirishi mumkin, chunki ularda allergik xastalik qo`zg`atuvchi xususiyatlar mavjud.
  • O`zida sovuqqa allergiya borligini sezgan kishi tarkibida “V” vitamini bo`lgan kremlarni surtishi mumkin emas. U allergiyaga moyillikning kuchayishiga sabab bo`ladi.

  • SIZ UChUN FOYDA...
  • Agar allergiyaga moyilligingiz borligini bilsangiz, o`zingizni sovuqdan saqlang. Sovuq ob-havoda imkon qadar ko`chaga chiqmagan ma`qul. Xonaning havosini almashtirish uchun bir kunda bir marta derazalarni ochish lozim.
  • Bunday vaqtda sintetik tolali kiyimlarni kiyish tavsiya etilmaydi. Paxtadan tikilgan libos tananing “nafas olishi”ni ta`minlaydi va issiqlikni bir maromda ushlab turadi.
  • Yuvinishda atir sovun, kir sovunlardan emas, bolalar uchun mo`ljallangan sovunlardan foydalangan ma`qul. Ularning tarkibida allergiyaga qarshi xususiyat mavjud.
  • Imkon qadar ko`proq suyuqlik iching. Bunda qaynatilgan suv yoki ko`k, qora choydan boshqa suyuqliklarni ichish tavsiya etilmaydi. Hidli choylar aslo mumkin emas. Mineral va rangsiz suvlarni ichgan maqsadga muvofiq.
  • Parhez saqlang. Mol go`shtidan tayyorlangan qaynatma sho`rva siz uchun ayni muddao.
  • Shirqovoq, dimlama qovoq ham juda foydali.

  • ESLATMA!

    Allergiya qaytgach, kundalikda tayyorlanadigan har qanday taomni me`yorida eyish mumkin. Allergiyaning har qanday ko`rinishida o`zingizcha biror bir dori vositasini ichishga shoshilmang. Shuningdek allergiyaga moyilligi bo`lgan insonlarga “Analgin”, “Aspirin”, “Sitramon”, “Trimol”, “Baralgin”, “Pensilin” guruhi antibiotiklari, Sulfanilamid preparatlari (“Biseptol”, “Tiseptol”, “Graseptol”, “Bakterium” suspenziyasi va boshqalar), “V” vitamini mumkin emas. Ushbu dori vositalari shifokor tavsiyasisiz qabul qilinsa, allergiyaning o`ta xavfli turlari yuzaga kelishi mumkin. Imkon qadar allergolog mutaxassisga murojaat qilib, uning maslahatlari asosida davolaning. Ushbu dorilarni o`z bilgancha qabul qilish, dori iste`molidan yuzaga keluvchi ikkilamchi og`ir allergik (Toksikodermiya, Kvinke shishlari va hatto Anafilaktik shok singari) xastaliklar yuzaga kelishi mumkin.

    Umida Yakubova tayyorladi

    Sharhlar

    Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

    06.08.2021, 17:47

    CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
    YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

    26.12.2017, 13:12

    — Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
    DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

    26.12.2017, 13:08

    — Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
    FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

    26.12.2017, 11:36

    Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1