AsosiyJamiyat

​“Toshkent–Janubiy” temir yo`l vokzali hi-tech usulida tubdan ta`mirlanadi

'​“Toshkent–Janubiy” temir yo`l vokzali hi-tech usulida tubdan ta`mirlanadi'ning rasmi

Toshkent janubiy temir yo`l vokzali tubdan ta`mirlanadi. Mustaqilligimizning 26 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur inshoot yurtimizdagi mavjud vokzalardan ko`rinishi jihatidan butunlay farq qiladi. Mamlakatimizda temir yo`l transportidan foydalanuvchi yo`lovchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Yurtdoshlarimiz uzog`ini yaqin qilish, ularga namunali xizmat ko`rsatish temiryo`lchilarning eng asosiy vazifalarimizdan biri. Shu bois “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada ko`pgina samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kungacha yurtimizda 17 ta yangi temir yo`l vokzali barpo etildi va 8 ta vokzal esa qayta rekonstruksiya qilindi. Tarmoqda joriy yilda ham bir qancha bunyodkorlik ishlari rejalashtirilgan. Shulardan biri poytaxtimizda joylashgan “Toshkent–Janubiy” temir yo`l vokzalini tubdan ta`mirlashdir, deb xabar beradi “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati.

“Boshtransloyiha” AJ tomonidan loyihalashtirilgan mazkur inshoot "xaytek" ("hi-tech") usulda barpo etiladi. Binoning tashqi ko`rinishi oq rangda bo`lib, naqshlar keramika va sun`iy toshlar bilan bezatiladi. Vokzal bir qavatli bo`lib, toshkent shahar iqlimini inobatga olgan holda isitish va sovutish tizimlariga alohida e`tibor qaratilgan. Bu erda yo`lovchilarga ko`plab qulayliklar yaratiladi. Shuningdek, 8,7 X 6 metr bo`lgan jahon andozalariga mos yuqori servis xizmati ko`rsatishga mo`ljallangan VIP zal rejalashtirilgan.

Yana bir qulaylik, inshootning har ikki tomonida avto turargohlar barpo etiladi. Temir yo`l kassalari bino tashqarisidan joy olgan bo`lib, zamonaviy tarzda quriladi. Binoning old tomoni obodonlashtirilib, markazda 20 metr diametrdagi favvora bunyod etiladi. Bino bir sutkada o`n ming kishiga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega tarzda bunyod etiladi. Shu kungacha bu erdan faqat shaharlararo yo`nalishlarda qatnovlar amalga oshirilgan bo`lsa, endilikda bir qator mahalliy yo`nalishlar “Toshkent–Janubiy” vokzalidan amalga oshiriladi. Bir so`z bilan aytganda ushbu bunyodkorlik ishlari halq manfaatlari yo`lida xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar