AsosiyJamiyat

​27 yanvar kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

'​27 yanvar kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Boshqa yangiliklar