27 yanvar kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik o`z faoliyatini yakunlaydi.
Kun turtibidan xalqaro davra suhbati, Harakatlar strategiyasi loyihasining beshinchi yo`nalishi “Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlar” taqdimoti va yakuniy matbuot anjumani o`rin olgan.
Ta`kidlash joizki, taqdimot xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaati va amaliy tashqi siyosat olib borish, davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O`zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo`shnichilik mintaqasini vujudga keltirish, mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalariga bag`ishlangan.
Mazkur yo`nalish spikerlari sifatida Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Javlon Vahobov, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori v.b. Botir Tursunov, Xalqaro aloqalarning axborot-tahliliy markazi direktori o`rinbosari Eldor Aripov, Xalqaro aloqalarning axborot-tahliliy markazi direktori bo`lim boshlig`i Sherzod Abdullaevlar ishtirok etishmoqda.