AsosiyDunyo

​Donald Tramp Madonnani tanqid qildi

'​Donald Tramp Madonnani tanqid qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda o`ziga qarshi o`tkazilgan ayollar namoyishida xonanda Madonnaning ishtirokini tanqid qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Trampning so`zlariga qaraganda, Madonnaning unga nisbatan beadablik bilan, qo`pol so`zlarni ishlatgani norozilik namoyishining obro`siga putur etkazgan. U Madonnaning bu harakatini AQSh uchun sharmandalik, o`zini esa jirkanch ayol, deb ta`rifladi.

Madonna 21 yanvar kuni Trampga qarshi ayollar tomonidan o`tkazilgan norozilik namoyishida ishtirok etganda, turli bo`lmag`ur haqorat so`zlarni ishlatib, “Oq uyni portlatib yuborishni” o`ylayotganini ma`lum qilgan.

Madonna keyinchalik taqdir hukmiga tashlab qo`yilgan ayollarni qo`llab-quvvatlash maqsadida o`zini shunday tutganligiga izoh berdi.

20 yanvar kuni AQSh prezidenti lavozimida ish boshlagan Donald Trampga qarshi norozilik namoyishlari AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ham o`tkazildi.

Boshqa yangiliklar