AsosiyJamiyat

​Rossiya Madaniyat vaziri o`rinbosari “O`zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori bilan uchrashdi

'​Rossiya Madaniyat vaziri o`rinbosari “O`zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori bilan uchrashdi'ning rasmi

Joriy yilning 25 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligida vazir o`rinbosari A. Manilova hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o`rinbosari – “O`zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori F. Djuraev o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federasiyasi Hukumati o`rtasida madaniy-gumanitar sohalarda 2016-2018 yillarga mo`ljallangan hamkorlik Dasturi doirasida 2017 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi loyihalar to`g`risida kelishib olindi:

- Rossiya Federasiyasida I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston davlat san`at muzeyi ko`rgazmasini tashkillashtirish;

- Rossiya Federasiyasida O`zbekiston kunlarini o`tkazish;

- Rossiyalik san`atkorlarning Samarqand shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan "Sharq taronalari” XMFda ishtirok etishi;

- O`zbekiston teatr xodimlarining Rossiyaning qator teatrlarida malaka oshirishini tashkillashtirish;

- Sankt-Peterburg shahrida o`tkaziladigan Xalqaro teatr festivalida O`zbek milliy akdemik drama teatri jamoasining ishtiroki.

Shunigdek, uchrashuv chog`ida madaniy turizmni rivojlantirish hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boshqa loyihalar to`g`risida fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar