AsosiyJamiyat
8226

​Prezident Shavkat Mirziyoevning kitobi nashr etildi

'​Prezident Shavkat Mirziyoevning kitobi nashr etildi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak” nomdagi kitobi nashrdan chiqdi.

Kitob "O`zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashrdan etildi.

Kitobdan davlatimiz rahbarining shu yil 14 yanvar kuni bo`lib o`tgan, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasi o`rin olgan.

Chuqur tahlil va tanqidiy yondashuvga asoslangan ushbu risolada O`zbekistonning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur`atlariga atroflicha baho berilgan. Ayni vaqtda iqtisodiyotni boshqarish, uni modernizasiya va diversifikasiya qilish borasida keyingi paytda turli vazirlik va idoralar tomonidan yo`l qo`yilayotgan kamchilik va nuqsonlar ochiq va xolis tanqid qilinib, ularni bartaraf etish bo`yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Turli sohalardagi mavjud ulkan imkoniyat va zaxiralarni to`liq va samarali ishga solishga jiddiy e`tibor qaratilgan.

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 2017 yilga mo`ljallangan ustuvor yo`nalishlar, jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiyotga xorijiy investisiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog`liq muhim vazifalar ma`ruzada batafsil ko`rsatib berilgan. Ayniqsa, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, jumladan, shahar va qishloqlarimizda arzon va qulay uy-joylar qurish, yo`l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni, maktabgacha ta`lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish va modernizasiya qilish bo`yicha keng ko`lamli vazifalar ham kitobdan alohida o`rin egallagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar