AsosiyJamiyat

O`zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasiga yangi rahbar tayinlandi

'O`zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 1 fevral kuni Milliy olimpiya qo`mitasi majlislar zalida O`zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasining hisobot-saylov Bosh Assambleyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda 2013-2016 yillar davomida Assosiasiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi hamda Assosiasiya rahbariyati va Ijroiya qo`mitasining yangi tarkibi saylandi.

Bosh Assambleyada O`zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasi raisi lavozimiga Ulug`bek Jalolovich Sunnatov, Assosiasiya raisining birinchi o`rinbosari etib Umid Maxamatdjanovich Ahmadjonov, rais o`rinbosarlari etib Baxodir Madjidovich Ahmedov, Asatilla Xojimuratovich Salimov va Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaevlar bir ovozdan saylanishdi.

    Boshqa yangiliklar