​Hindistonda gnomlar oilasi topildi

Dunyo 02.02.2017, 15:54
Teglar: Oila, Kasallik, Hindiston
​Hindistonda gnomlar oilasi topildi

Hindistonning Haydarobod shahrida 11 kishidan iborat oila istiqomat qiladi. Ulardan 9 nafari kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekadi, deb yozadi “Vesti”. Ularning qo`llari va oyoqlari sog`lom odamlarnikiga nisbatan kalta. Mahalliy aholi vakillari Chauxan avlodidan bo`lgan pakanalarni gnomlar deb atashadi. Murakkab sharoitda va qo`ni-qo`shnilarning tazyiqlari ostida yashashsa-da, ular ruhini cho`ktirmaydi. Chauxan oilasining a`zolari axondroplaziyadan aziyat chekadi. Bu pakanalikning kam uchraydiagn turi hisoblanadi.

Ularning tana qismi me`yoridagidek, biroq qo`l va oyoqlar kalta bo`ladi.

Oila boshi Ram Rajaning so`zlariga ko`ra, avval ularning oila a`zolari 20 kishidan iborat bo`lgan. Ulardan 18 nafari gnomlar bo`lgan.

Afsuski, so`nggi yillarda oila a`zolarining bir nechtasi vafot etgan. Ular vaqt o`tgan sari oyoqlarida kuchli og`riqni his etadi.

“Yillar o`tgan sayin oyoqlarimiz yumshashib ketaveradi, yurish borgan sari qiyinlashadi. Bundan tashqari, umurtqa va bo`yin qismi ham qattiq og`riy boshlaydi”, deydi Raja. “Ko`chada notanish kishilar ustimizdan kuladi. Ular bizni qo`llari bilan ko`rsatib, gnomlar deb ataydi”, deydi oilaning yana bir a`zosi.

Oila a`zolari uchun ish topish ham katta muammo.

Nima bo`lishidan qat`iy nazar Raja oilasi a`zolari o`zlarini boshqalardan ajralib turishini bejizga emas, deb hisoblashadi.

Sharhlar

Hindiston aeroportida 8 nafar o`zbekistonlik 5 kg oltin zanjirlar bilan qo`lga olindi (video)

18.08.2023, 11:58

Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda sakkiz nafar O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Hindiston bojxona departamenti xabar qildi.Ma`lum qilinishicha, ular 5,3 kilogramm oltinni...
O`zbekistonlik qizlarni Hindistonga fohishalik qilish uchun yuboradigan er-xotin aniqlandi

21.12.2022, 09:32

Odam savdosi bilan bog`liq yana bir jinoyat aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent viloyati...
Hindiston tarixida ikkinchi marta ayol kishi mamlakat prezidentligiga saylandi

22.07.2022, 11:01

Hindistonda bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida hukmron Bharatiya Janata partiyasi a`zosi, Milliy demokratik alyans nomzodi Draupadi Murmu g`alaba qozondi, deb xabar bermoqda The Indian Express nashriga...
O`zbekiston Hindistonga Pokistonning Karachi porti orqali birinchi yukni jo`natdi

02.06.2022, 11:41

Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O`zbekistondan tranzit yuk jo`natdi. Ma`lum qilinishicha, avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga etkazilib, so`ngra Hindistonga yo`l oldi.Qayd etilishicha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1