AsosiyJamiyat

​2016 yilda Toshkentda chaqaloqlarga eng ko`p qo`yilgan ismlar ma`lum bo`ldi

'​2016 yilda Toshkentda chaqaloqlarga eng ko`p qo`yilgan ismlar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 2016 yilda O`zbekiston poytaxtida Islom, Sofya, Imron, Imona va Farzona ismlari eng ko`p qo`yilgan ismlar bo`ldi.

Egizaklarga esa an`anaviy Hasan-Husan, Fotima- Zuhra ismlari qo`yilgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, Toshkent shahrida 19 mingga yaqin nikoh qayd qilingan. 2016 yilda 49881 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu 2015 yildagiga nisbatan mingtaga ko`pdir.

Eslatib o`tamiz, ilgariroq Davlat statistika qo`mitasi mamlakatdagi demografik holat bo`yicha hisobot e`lon qilgandi. Unga ko`ra, respublika aholisi 2016 yilda 401,8 ming kishiga ko`paygan va 32,121 million nafarni tashkil etgan. O`tgan yil davomida 726,8 ming bola dunyoga kelgan. Toshkent va Navoiy viloyatlarida tug`ilish koeffisienti sezilarli oshgani qayd etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar