1

​XMT: O`zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanish tugatildi

Jamiyat 03.02.2017, 14:44
Teglar: Ish beruvchi, O`zbekiston, Bola
​XMT: O`zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanish tugatildi

Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) bergan ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston hukumati paxta sanoatida majburiy mehnatdan foydalanish xavfini bartaraf qilish bo`yicha islohotlarida ijobiy o`zgarishlarga erishmoqda. O`zining 2016 yil paxta terimi mavsumini mustaqil monitoringidan keyin bugun chop etilgan hisobotida, XMT bugungi kunda uyushtirilgan bolalar mehnatidan foydalanish ijtimoiy jihatdan noma`qul holat va bu amaliyot bosqichma-bosqich tugatildi degan xulosaga keldi.

“Bolalar mehnatidan foydalanishning noma`qulligini jamiyatning barcha qatlamlari: hukumat, o`qituvchilar, mutaxassisilar, fermerlar, ota-onalar va bolalarning o`zlari e`tirof etmoqda. O`zbekiston uyushtirilgan bolalar mehnatidan foydalanishni bosqichma-bosqich bartaraf qildi.”

XMT hisobotida ta`kidlanishicha O`zbekiston yillik keng ko`lamli paxta yig`im-terimi muhitiga ta`sir ko`rsatayotgan majburiy mehnatdan foydalanish xavfini kamaytirish uchun chora-tadbirlar rejalarini tadbiq etishda davom etmoqda.

Hisobot 2016 yil sentyabr-oktyabr yig`im-terim mavsumida o`z ichiga 800 dan ziyod banner, 44 ming reklama afisha, 100 ming broshyura, televidene, radio va matn xabarlarni olgan mamlakat miqyosidagi kommunikasiya kampaniyasi tufayli jamoatchilikning taqiqlangan mehnat amaliyotlaridan xabardorligi yanada oshganligiga ham e`tibor qaratadi.

“Mehnat amaliyotlarini takomillashtirish hamda qishloq xo`jaligini isloh qilish va zamonaviylashtirish uzoq muddatli jarayon hisoblanadi va biz O`zbekistonga qishloq xo`jalagini odamlarga sifatli ish o`rinlari taklif qiladigan yuqori daromadli va muhim o`sish manbaiga aylantirishda yordam berishga sodiqligimizcha qolamiz,” – dedi Lilia Burunciuc, Jahon Bankining Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy direktori.

O`zbekistondagi Jahon Banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar mehnat amaliyotlarini yaxshilash, mexanizasiyalashtirishni kuchaytirish va kam mehnat talab qiladigan va ko`proq daromad beradigan ekin turlarini etishtirib qishloq xo`jaligini diversifikasiyalashtirish orqali mamlakatga paxta etishtirishdan boshqa sohalarga o`tish va majburiy mehnatdan foydalanish xavfini kamaytirishda ko`maklashishga qaratilgan.

XMT hukumatning O`zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni bartaraf qilish bo`yicha majburiyatlari va chora-tadbirlarinining tadbiq etilishini monitoring qildi va “Jahon Banki tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan qishloq xo`jaligi, suv xo`jaligi va ta`lim sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarda hech qanday bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish holatlari aniqlanmaganligini” ma`lum qildi.

XMT hisobotida ta`kidlanishicha ayrim toifadagi kishilar, xususan talabalar, ta`lim va tibbiyot muassasalari xodimlari hamda davlat tashkilotlari xodimlari uchun majburiy mehnatdan foydalanish holatlari xavfi saqlanib qolmoqda.

Monitoring, xususan, kattalar orasida majburiy mehnatdan foydalanish xavfini bartaraf qilish uchun qo`shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak degan xulosaga keldi va bu kabi xavf borligini O`zbekiston hukumati e`tirof etganini ta`kidladi.

Hukumat nomaqbul mehnat amaliyotlari bo`lishi xavfini kamaytirish uchun tegishli strategiyalarga o`zgartirishlar kiritib ularni takomillashtirishda davom etmoqda.

Uyushtirilgan bolalar mehnatidan foydalanish amalda tugatilgan bo`lsada, Jahon Banki va XMT mamlakatda bolalar mehnatidan foydalanish, ayniqsa 16-17 yoshdagi talabalar o`rtasida, holatlarini oldini olish chora-tadbirlarining doimiy amal qilishini ta`minlash uchun hushyorlik darajasini oshirishni tavsiya qilishadi.

Oxirgi yig`im-terim mavsumidan keyin XMT va Jahon Banki O`zbekistondagi hamkorliklarini yana ikki yilga uzaytirishga kelishib olishdi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1