AsosiyDunyo
5940

​Xitoy tilida tabrik aytgan Trampning nabirasi internet foydalanuvchilarini hayratga soldi (Video)

'​Xitoy tilida tabrik aytgan Trampning nabirasi internet foydalanuvchilarini hayratga soldi (Video)'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trampning nabirasi Arabellaning xitoy tilida aytgan tabrigini ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bir sutka davomida 18 million marotaba tomosha qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Besh yoshli Arabella Rouz-Kashner ikki yoshidan boshlab, xitoy tilini o`rganadi, uning ishtirokida olingan videoroliklar muntazam ravishda xitoy saytlariga va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib turiladi.

AQSh prezidentining nabirasi Xitoy xalqini oy taqvimi hisobida kirib kelgan Yangi yil bilan tabriklash uchun onasi hamrohligida Xitoyning Vashingtondagi elchixonasiga tashrif buyurdi va ularni xitoy tilida tabrikladi. 2016 yilning noyabr oyida ham Arabella Xitoyning Tan sulolasi davriga tegishli she`rni mandarin tilida o`qib, barcha ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini hayratga solgan edi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar