2017 yil 3 fevral kuni soat 09:40 da A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovoni 233 km.da hajmi 1000 m3 gacha, soat 10:30 da 243 km.da hajmi 250 m3 bo`lgan qor ko`chkisi sodir bo`ldi.
Olingan xabar bo`yicha FVV va “O`zavtoyo`l” AJ tomonidan avtomobil yo`lining ushbu uchastkalarida qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Qor ko`chkisi talofatlar keltirib chiqarmagan, aholi o`rtasida jabrlanganlar yo`q.
2017 yil 3 fevral kuni A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining qor ko`chkisi xavfi mavjud “Qamchiq” dovoni 228-253 km.lari hamda boshqa uchastkalarda FVV va IVV YHXBB kuch va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati to`xtatilgan.
Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida avtotransport haydovchilari va yo`lovchilarni qabul qilish bo`yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Qamchiq” dovonidan o`tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo`lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shohobchalariga joylashtirilmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan.
Qor qatlami yig`iladigan joylar holati mustahkam emas, qor ko`chishi xavfi mavjud.