AsosiyJamiyat

​“Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi

'​“Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, 2017 yil 3 fevral kuni soat 09:40 da A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovoni 233 km.da hajmi 1000 m3 gacha, soat 10:30 da 243 km.da hajmi 250 m3 gacha qor ko`chkisi sodir bo`lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to`xtatilgan.

2017 yil 4 fevral kuni FVV, MV, IIV YHXBB, “O`zgidromet” markazi va “O`zavtoyo`l” AJ kuch va vositalari tomonidan “Qamchiq” dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari tushirilib, avtomobil yo`li qor ko`chkilaridan tozalandi.

“O`zgidromet” markazining 2017 yil 4 fevral kunidagi qor ko`chkisi to`g`risidagi № 97 sonli byulleteniga asosan, “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`li “Qamchiq” dovonida joriy yilning 4 fevral kuni soat 12:00 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo`lga qo`yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar