AsosiyDunyo
4551

​Amerikaning Michigan ko`liga meteorit tushdi (Video)

'​Amerikaning Michigan ko`liga meteorit tushdi (Video)'ning rasmi

Illinoyis osmonida paydo bo`lgan ulkan meteorit Michigan ko`liga kelib tushdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Osmon jismining ko`lga qulashi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Guvohlarning ma`lumot berishicha, samoda paydo bo`lgan yorqin olovli sharni bir qancha Amerika shtatlarida, hattoki Kanadada ham ko`rishgan. Uning ko`lga qulashini avtomobil videoregistratorlari ham qayd etgan.

Hodisaga guvoh bo`lganlar olovli shar kuchli qasirlagan ovoz jo`rligida uchganini, xuddi zilziladagi kabi uylar silkingani haqida ma`lumot berdi. Oqibatda bundan xavotirlangan odamlardan AQShning meteoritni kuzatish maxsus xizmatiga 200 ta murojaat kelib tushgan.

https://www.youtube.com/watch?v=q-NCvuVE-Bk

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar