“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Pokistonning Lahor shahriga muntazam qatnovlarni bajarishni boshlaydi.
Toshkent-Lahor-Toshkent yo`nalishi bo`yicha qatnovlar 2017 yilning 5 aprelidan yo`lga qo`yiladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar Toshkentdan Lahorga haftaning chorshanba va payshanba kunlari Lahordan Toshkentga esa chorshanba va juma kunlari amalga oshriladi.
Aviachiptalarni “Onlayn bronlash” bo`limida bronlash va sotib olish, shuningdek barcha sotish shoxobchalaridan xarid qilish mumkin.