O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga mazkur mamlakatda sodir bo`lgan qor ko`chkilari tufayli insonlarning qurbon bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etilgan maktub yo`lladi.
Shuningdek Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani va butun afg`on xalqiga mazkur mamlakatning sharqiy va shimoli-sharqiy viloyatlarida yuz bergan kuchli qor ko`chkilari oqibatida ko`plab insonlarning nobud bo`lgani, jarohat olgani va boshpanasidan ayrilgani munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etdi.
Davlatimiz rahbari o`z maktubida qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so`zlarini etkazib qo`yishni so`radi.