Kuni kecha O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tug`ruqxonalardagi poraxo`rlik va ochiqchasiga pul olish avj olgani haqida o`zining tanqidiy fikrlarini bildirgani haqida xabar bergandik.
Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
8 fevral kuni O`zEOAVMA O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Adham Ikromov bilan “Ochiq muloqot” bo`lib o`tdi. Unda jurnalistlar tomonidan Sharqda urf bo`lgan farzand tug`ilganida doyalarga beriladigan suyunchi puli borasida savol bilan murojaat qilindi.
Vazir jurnalistlarning mazkur savoliga javobi quyidagicha bo`ldi:
“Tibbiyot xodimining bemordan yoki unga murojaat qilgan insondan pul olishi hech qaysi me`yorlarga to`g`ri kelmaydigan holat. Suyunchiga haqida gapiradigan bo`lsak, uni berishni ko`ngliga tukkan inson “Muruvvat” va “Saxovat” uylarining vasiylik kengashlariga murojaat qilishlari mumkin. Ushbu muassasalarning har qanday summani o`tkazsa bo`ladigan hisob-raqamlari bor. Shu bilan birga odamlar haqiqattan muhtojlarga yordamlari tegishi mumkin”, - deya ta`kidladi Adham Ikromov.
Sog`liqni saqlash vaziri ushbu tizimda amalga oshirilishi kerak bo`lgan juda ko`p ishlar borligini, ammo poraxo`rlik hech qanaqasiga oqlanmasligini aytib o`tdi, bu hoh bemorning o`z hohishi bilan beradigan puli, hoh shifokor tomonidan amalga oshirilgan ta`magirlik bo`lsin.
Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev 7 fevral sog`liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazib, yig`ilish davomida vazirlik rahbarlariga tug`ruqxonalardagi ahvolni yaxshilash bo`yicha alohida topshiriq berar ekan tug`ruq komplekslarida ochiqchasiga poraxo`rlik avj olgani va bu holat odatiy holga aylanganini ta`kidladi.
24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...