“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan davlatimiz -rahbari Shavkat Mirziyoevning “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini ¬abadiylashtirish to`g`risida”gi qarori -asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ijtimoiy fikrni bilish maqsadida ekspress-so`rov o`tkazildi.
Uch kun mobaynida olib borilgan tadqiqotda poytaxtimiz aholisi ishtirok etdi. Respondentlarning ta`kidlashicha, yurtimizning Birinchi Prezidenti ser¬qirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o`chmas iz qoldirdi. Bu davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning quyi¬dagi so`zlarida ham yaqqol ifodasini topdi: “Vaqt va hayotning o`zi ¬Islom ¬Abdug`anievich ¬Karimovning zamonamizning ulug` siyosatchisi, uzoqni ko`radigan va strategik fikr yuritadigan shaxs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan o`ta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan ko`ra bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, o`z yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan mas`uliyat tuyg`usini chuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanligini har tomonlama tasdiqladi”.
Ekspress-so`rov fuqarolarimizning ushbu hujjat mazmunidan yuqori darajada boxabar ekanligini namoyon qildi. Jumladan, unda qatnashganlarning 72,3 foizi qarorning maqsadi hamda ¬mohiyatini yaxshi anglaydi. 26,5 foizi umumiy ma`nosini ¬tushunishini aytib o`tgan. Tadqiqotga qaraganda, qaror mazmuni haqida ma`lumot etkazgan asosiy manbalar Milliy teleradiokompaniya axborot va teleko`rsatuvlaridir. Respondentlarning har uchinchisi bu haqda respublika radiostansiyalarini ¬tinglab bilgan. So`rovning har to`rtinchi qatnashchisi esa rahbariyat qabul qilayotgan barcha yangi hujjatlar hamda qarorlar xususida davriy nashrlar, qariyb yana shunchasi internet-portallar orqali o`qib ¬borayotganini qayd etgan.
Tadqiqotda respondentlarning 97,1 foizi ¬davlatimiz rahbarining Birinchi -Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish tashabbusini to`liq qo`llab-quvvatlashi va unga qo`shilishini e`tirof etgan. Ular qarorda belgilab berilgan vazifalar haqida so`zlar ekan, ayniqsa, ¬Islom Karimov siymosi aks ettirilgan ¬haykallarni Toshkent, Samarqand hamda Qarshi shaharlarida o`rnatish, mamlakatimizdagi qator muhim inshootlarga bu ulug` insonning nomini berish, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va boshqa ezgu g`oyalarga alohida to`xtalib o`tdilar.
Fuqarolar davlatimiz ¬rahbarining har yili Birinchi¬ Prezidentimiz tavallud topgan sana — 30 yanvar kunini keng nishonlash, 2 sentyabr sanasini Xotira kuni sifatida yod etish, oliy o`quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasini joriy qilish, buyuk siyosatchining hayoti va faoliyati haqida ilmiy hamda badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish haqidagi tashabbusini qo`llab-quvvatlagani so`rov natijalarida o`z ¬in`ikosini topdi.
Respondentlardan ¬Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish maqsadida amalga oshirish mumkin bo`lgan takliflar xususida ham so`raldi. Javob berildiki, har bir shahardagi ko`chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim. Ishtirokchilarning uchdan bir qismi esa eng yaxshi tadbirkor va fermer uchun ¬Birinchi Prezident nomidagi maxsus grant ta`sis etilishini taklif qildi. O`z navbatida, mustaqilligimiz asoschisining hayoti, davlat boshqaruvidagi faoliyati Vatan farovonligi yo`lida o`rganiladigan o`quv kursini tashkil etish bo`yicha fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, so`rov ¬qatnashchilari Birinchi ¬Prezidentimiz nomidagi ¬mukofot ta`sis etilib, u ¬Islom Karimov tashabbusi ¬bilan asos solingan “Sharq taronalari” musiqa festivali doirasida topshirilsa, ayni muddao bo`lishini aytishdi. Ma`lumki, ushbu madaniy tadbir tufayli turli xalqlarning musiqiy merosi keng targ`ib qilinmoqda, yoshlar milliy qadriyatlar ruhida ¬kamol topayapti, xalqaro ijodiy aloqalar mustahkamlanayotir.
Fuqarolar Birinchi ¬Prezidentimiz xizmatlarini sanab o`tar ekan, bolalar sportini ta`lim tizimi va har tomonlama etuk avlodni voyaga etkazishning ajralmas qismiga aylantirish yo`lidagi sa`y-harakatlarini alohida e`tirof etdilar. Shu bois respondentlar sport, ayniqsa, uch bosqichli — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalarida muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlar uchun Islom Karimov nomidagi mukofotni ta`sis etishni ¬taklif qildilar. Bu esa nav¬qiron avlodni sportga keng jalb etishga qo`shimcha turtki beradi.
Ekspress-so`rov ishtirokchilari buyuk davlat va siyosat arbobi, o`zbek xalqining ulug` hamda ardoqli farzandi Islom Karimov xotirasi qalblarda abadiy yashashini, Birinchi Prezidentimiz g`oyalari va fikrlari belgilangan maqsadlarga tayanch bo`lishda davom etishini ta`kidladilar.
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi materiallari asosida tayyorlandi.rilgan yuksak e`tirofdir.