Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlog`ida Shodi bobo Xushboqov xonadonida bo`ldi. Shavkat Mirziyoev Shodi bobo va u kishining umr yo`ldoshi Salomat momo bilan oilaning kundalik hayoti, farzandlar va nabiralarning tarbiyasi to`g`risida suhbatlashdi, deb xabar beradi O`zA.
Siz kabi ko`pni ko`rgan, yuzidan nur yog`ilib turgan otaxon va onaxonlar jamiyatimizning mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir, dedi Prezidentimiz.
Erdan unumli foydalanilsa, Surxondaryo sharoitida yilda uch martagacha hosil olish mumkinligi, harakat qilgan odam o`zini ham, xalqini ham boy qilishi ta`kidlandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar, istiqboldagi reja va ezgu maqsadlar haqida so`z yuritildi.
Xonadon egalari davlatimiz rahbari xalq ichiga kirib, odamlarning fikrini o`rganayotganidan yurtdoshlarimiz juda mamnun bo`layotganini ta`kidladi. Odamlar og`irini engil qilish, turmushini yanada farovon etish borasidagi ulkan, tizimli ishlari uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.
24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...