O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Sherobod tumanida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilayotgan sement zavodi qurilishi bilan tanishdi.
Tumandagi “Vandob” qishloq fuqarolar yig`ini hududida bunyod etiladigan sement zavodi vohada qurilish sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyiha qiymati 212,8 million dollar bo`lgan ushbu sanoat korxonasida yiliga 1,5 million tonna portlandsement ishlab chiqarish ko`zda tutilgan. Korxona ishga tushgach, bu erda mingdan ziyod yangi ish o`rni yaratiladi. Mahsulotning asosiy qismi ichki talabni qondirishga yo`naltiriladi.
Davlatimiz rahbari ushbu zavod nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o`rin tutishini ta`kidladi. Loyihachi va quruvchilar bilan suhbatda qurilish sur`atlarini jadallashtirish, sifat va muddatga alohida e`tibor qaratish zarurligi qayd etildi.