​Shavkat Mirziyoev Sherobod tumanidagi zamonaviy uy-joy massivini borib ko`rdi

Jamiyat 11.02.2017, 09:38
Teglar: Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev Sherobod tumanidagi zamonaviy uy-joy massivini borib ko`rdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Sherobod tumanidagi “G`urjak-1” massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylar, bu erda aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxon vohasida 1009 arzon va zamonaviy uy-joy barpo etilmoqda, deb yozadi O`zA. Sherobod tumanidagi “G`urjak-1” massivida qisqa muddatda 32 xonadondan iborat 2 qavatli ikkita, xo`jalik imoratlari va alohida hovlisi bo`lgan bir qavatli o`nta shinam uy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy va milliy me`morlik andozalari asosida qurilgan yangi massivda ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari, servis va xizmat ko`rsatish shoxobchalari bunyod etilgan. Tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta`minlangan.

Davlatimiz rahbari yosh oila O`ktam Abdullaev va Malohat Jumaeva xonadonida bo`lib, ularni yangi uyga ko`chib o`tgani bilan tabrikladi. 3 xonali uyning hovlisida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ekish uchun tomorqa bor.

Prezidentimiz yangi uyda yosh oila baxtiyor va farovon yashashi uchun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi. Xonadon sohibining buvisi Karomat momo Abdullaeva ko`rkam, obod va shinam uylarni olishda keng imkoniyatlar yaratilayotgani, bu yosh oilalarni qo`llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta`minlashga xizmat qilayotganini aytib, Prezidentimizni duo qildi.

Shavkat Mirziyoev 16 xonadondan iborat ikki qavatli uyda yashayotgan uy sohiblari bilan ham suhbatlashdi. Xalqimizning tobora o`sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirish, ular uchun munosib hayot sharoitlari yaratib berish bugungi kundagi asosiy vazifalardan ekanini alohida qayd etdi. Mutasaddi rahbarlarga viloyatning qishloq massivlarida aholiga shaharlardagidan qolishmaydigan turmush sharoitlari yaratish, yakka tartibda uy-joy qurish ko`lamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1