“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi poytaxtdagi ayrim avtobus yo`nalishlarida 4G texnologiyasi bo`yicha internetga Wi-Fi orqali ulanish imkoniyati taqdim etadi.
Ushbu haftada 10, 14, 24, 28, 51 va 95- yo`nalishlarda Wi-Fi ishga tushadi, ushbu texnologiya o`rnatilgan avtobuslarning eshiklariga “Wi-Fi Bus” peshlavhalari o`rnatiladi.
“Toshshahartransxizmat” yil davomida aksariyat avtobuslarni internet-uskunalar bilan jihozlashni rejalashtirgan.
Wi-Fi Bus dasturi UZMOBILE operatori bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.






