AsosiyJamiyat

​O`zbekistonlik o`qituvchilar Buyuk Britaniyada malaka oshirishdi

'​O`zbekistonlik o`qituvchilar Buyuk Britaniyada malaka oshirishdi'ning rasmi

“Yilning eng yaxshi chet tili o`qituvchisi” ko`rik-tanlovining 2016 yilda o`tkazilgan respublika bosqichida eng yuqori natija ko`rsatgan 42 nafar maktab o`qituvchilari 2017 yilning 20 yanvar – 3 fevral kunlari Buyuk Britaniyaning Glazgo Kaledonian (Glasgow Caledonian University, Scotland) universitetida xizmat safarida bo`lishdi.

Ushbu universitet dunyodagi nufuzli ta`lim muassasalaridan biri bo`lib, u erga dunyoning barcha burchaklaridan malaka oshirish kurslariga tinglovchilar tashrif buyurishadi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Universitetning tajribali mutaxassislari va professorlari tomonidan o`qituvchilarimizga dars jarayonidagi til terminlari, talaffuz ustida ishlash, chet tilini o`rgatishda autentik materiallardan foydalanish, leksik birliklar bilan ishlash texnologiyalari, o`quvchilarda ijodkorlikni va til o`rganishda hikoya va she`rlarning ahamiyati, darsni rejalashtirish va baholash, chet tilini o`rganishda test sinovlarining ahamiyati va dars o`tishning boshqa samarali usullari haqida ma`lumot berishdi.

O`quvlar yakunida o`zbekistonlik o`qituvchilarga xorijiy universitet o`qituvchilari oldida ingliz tilidagi taqdimotlarini muvaffaqiyatli himoya qilishgani uchun “ACHIEVEMENT SERTIFICATE” sertifikatlar topshirildi. Mazkur sertifikatlar o`tgan yilgi va boshqa sertifikatlardan farqli ravishda xalqaro trenerlik qilish vakolatini beradi.

Ushbu o`qituvchilar joriy yilning mart-dekabr oylari ingliz tili o`qituvchilari uchun tayanch maktablar bazasida o`tkaziladigan o`quvlarda hamda 5-sinflar uchun qayta ishlanayotgan ingliz tili darsliklardan foydalanishni o`rgatishga doir maxsus kurslarda trenerlik kurslariga jalb etilishi rejalashtirilmoqda.

Boshqa yangiliklar