O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari maktubda «yaqinda bo`lib o`tgan saylov natijalari Turkmanistonning farovonligi, jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun Sizning uzoqni ko`ra biladigan rahbarligingiz ostida olib borilayotgan chuqur o`ylangan va samarali ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi tomonidan yuqori ishonch bildirilganligining va to`liq qo`llab-quvvatlanishining yana bir yorqin ifodasi» ekanligini qayd etdi.
Bugun vaqt va hayot sinovidan o`tgan O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi do`stlik va totuv qo`shnichilik rishtalari xalqlarimizning ko`p asrlik yaqin munosabatlari asosida muvaffaqiyatli rivojlanib va mustahkamlanib borayotgani alohida ta`kidlandi.
Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog`lik, salomatlik va mas`uliyatli davlat lavozimida yangi yutuqlar, birodar turkman xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.
04.02.2023, 11:49
Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi. Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi. Ma`lum...24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...23.01.2023, 12:13
Sal avval anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo`shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat Turkmanistondan tabiiy gaz importining to`liq to`xtashiga sabab...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...