Tayvanda sayyohlik avtobusi bilan sodir bo`lgan YTH sababli kamida 32 kishi halok bo`ldi. Mahalliy yangilik agentligi xabarlariga ko`ra, halokat vaqtida avtobus salonida 42 nafar yo`lovchi bo`lgan — ularning barchasi pensioner, shuningdek gid va haydovchi.
Ma`lum bo`lishicha, 12 nafar jabrlanganlar kasalxonaga etkazilgan. Avtobus tezlik shossesida ag`darilib ketgan.
Avtobus salonida xorijliklar bo`lmagan. Halokat joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.






