O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Islom dini rivojiga ulkan hissa qo`shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o`rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug` allomalar, aziz-avliyolar vatani bo`lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o`rtasida keng targ`ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g`oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`usini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyatida O`zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini (keyingi o`rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullansin.
2. Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanishi e`tiborga olinsin:
islom dinining, Qur`oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma`naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan etishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur o`rganish va keng targ`ib etish;
yuksak insoniy g`oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o`zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta`lim, ma`naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o`quv qo`llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib borish;
turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda ajdodlarimizning ma`naviy merosini chuqur o`rganish, ulardagi ezgu g`oya va ta`limotlarni keng xalq ommasiga etkazish va shu asosda yoshlarda sog`lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash;
Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini o`rganish va keng targ`ib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish, xalqaro konferensiya, simpozium, ko`rgazma, ilmiy ma`ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etish;
mamlakatimizda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va qo`lyozma fondlarida saqlanayotgan termiziy allomalar hamda buyuk mutafakkirlarimizning qo`lyozma va toshbosma asarlari nusxalarini, ular haqidagi kitoblarni to`plash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
ma`naviy merosimizni o`rganishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanishga doir tegishli ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash.
3. O`zbekiston musulmonlari idorasiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita bilan birgalikda bir oy muddatda Markazning tuzilmasi va Nizomini tasdiqlash, uning belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlash tavsiya etilsin.
Surxondaryo viloyati hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, "Davarxitektqurilish" qo`mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Markaz binosi va uning kutubxonasini qurish, zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmalarni barpo etish hamda rivojlantirish loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
4. Markaz faoliyatini moliyalashtirish O`zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Termiziy yodgorlik majmuasi, homiylik xayriyalari hamda xorijiy mamlakatlar va xalqaro diniy-ilmiy markazlarning mablag` va grantlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
5. Mahalliy va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning qurilish va obodonlashtirish ishlariga yo`naltiriladigan mablag`lari uchun Markazning hisob raqami ochiq ekani qayd etilsin.
Markazni tashkil etish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo`naltirilgan homiylik xayriyalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`idan ozod qilinsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M.Sultonov zimmalariga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev
Toshkent shahri, 2017 yil 14 fevral
24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...