AsosiyDunyo

​Almati shahar markazidagi o`q ovozi aholini qo`rquvga soldi

'​Almati shahar markazidagi o`q ovozi aholini qo`rquvga soldi'ning rasmi

Qozog`istonning Almati shahri markazidagi o`q ovozi shahar aholisini qo`rquvga soldi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Otishma ovozi Almati shahrining Yashil bozor tumani va “Rayimbek botir” metro bekatidan eshitildi. Almati shahar IIB ularga otishma haqida xabar tushmaganligini ma`lum qildi.

Taxminlarga ko`ra, shahar aholisi 15 fevral, Afg`onistondan sobiq sho`ro askarlarining olib chiqib ketilishi munosabati bilan o`tkazilgan mitingda gvardiyachilarning halok bo`lganlarni xotirlab, osmonga qarata o`q uzganini eshitgan.

“Mitingda faxriy qorovul halok bo`lganlarni xotirlab, o`qsiz patronli avtomatdan osmonga otdi. Mazkur miting har yili o`tkaziladi, unda Afg`onistonda halok bo`lgan askarlar yodga olinadi”, deb voqeaga izoh berdi afg`on urushi nogironlari kengashining raisi Murot Abdushukurov.

Boshqa yangiliklar