Yarim tonna vaznga ega misrlik ayol Eman Ahmad Ab al-Ati dunyodagi eng yirik vaznga ega ayol hisoblanadi. U davolanish uchun Hindistonga olib kelindi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Operasiya oldidan Eman maxsus parhezga o`tkazildi. U 25 kun mobaynida faqat suyuq ovqat iste`mol qiladi. Natijada esa ayolning 50 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo`lishi kutilmoqda.
Bariatrik operasiya misrlik ayolning vaznini yana 150 kilogramgacha kamaytirishi aytilmoqda.
Shundan so`ng esa ayol hindistonlik mutaxasislar kuzatuvi ostida fizioterapiya muolajalarini qabul qiladi. Shifokorlar davolanish so`nggiga qadar o`tirish va mustaqil ravishda ovqatlanishni o`rganadi.
2016 yilning dekabr oyida Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Emanning viza olishiga yordam bergan edi. Misrlik ayol uzoq yillar mobaynida karavotdan turmaganligi sababli u viza olish uchun elchixonaga bora olmasdi. Ayolning shifokori Twitter orqali Hindiston bosh vaziriga murojaat qilib, undan yordam so`ragan edi.
Organizm o`z funksiyasini yaxshi bajara olmagani uchun Misrda yashovchi ayolning tanasida haddan ziyod ko`p suyuqlik yig`iladi.
Bundan tashqari, Eman fil kasalligidan ham aziyat chekadi.