AsosiyDunyo
6659

​Birgina qo`ng`iroq AQShda yashovchi oilaga uzoq kutilgan baxtni olib keldi

'​Birgina qo`ng`iroq AQShda yashovchi oilaga uzoq kutilgan baxtni olib keldi'ning rasmi

Bu ajabtovur voqea 6 yil avval sodir bo`lgan, biroq u haqda endigina ma`lum qilindi.

2011 yilning 14 noyabrida AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Mirtl-Bich qutqaruv stansiyasi qutqaruvchilari qornidagi kuchli og`riqdan shikoyat qilgan ayoldan chaqiruv qo`ng`irog`ini qabul qildi.(911 ga qo`ng`iroq qilinganda qutqaruvchilar ham kelishi mumkin, ular birinchi tibbiy yordam ko`rsatish salohiyatiga ega)


Mark Xadden va uning brigadasi qo`ng`iroq bo`yicha kelishganida ularga murojaat qilgan homilador ayolning ko`zi yoriyotgan edi. Ayolni shifoxonaga olib borishga vaqt etmasdi. Shuning uchun ikki farzandning otasi bo`lgan qutqaruvchining o`zi tug`ruqni qabul qilishiga to`g`ri keldi.


Mark yangi tug`ilgan chaqaloqni qo`liga olganida o`zining qizini ushlab turganini tasavvur ham qilmagan edi. Qizaloqning onasi o`sha kuniyoq mahalliy shifoxonada chaqaloqdan voz kechishi haqida rasman ma`lum qildi.


Ikki kundan so`ng chaqaloqni Xaddenlar oilasiga berishdi. Bir yildan so`ng esa ular qizaloqni o`zlarining farzandlari sifatida rasmiylashtirishdi.


Hozir 5 yoshli Rebekka maktab qoshidagi bog`chaga boradi. Uning hozirgi onasi Bet Xadden esa maktabda dars beradi. Qizaloq o`zining 12 va 14 yoshli akalrini ham juda yazshi ko`radi. Oila a`zolari Rebekkadan uning qanday dunyoga kelganini yashirmaydi. Qizcha o`zining tug`ilish tarixini yaxshi biladi.


Rebekkaning o`zi ham uning dunyoga kelishiga otasi o`zining tez tibbiy yordam mashinasida yordam berganini aytadi.

“U oxir-oqibatda biz uni qay darajada yaxshi ko`rishimizni biladi. Ba`zan insonning o`z farzandi boshqa ota-onalardan dunyoga keladi”,— deydi Mark.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar