AsosiyDunyo

​Novosibirsklik ayolning otib o`ldirilishini videokamera suratga oldi

'​Novosibirsklik ayolning otib o`ldirilishini videokamera suratga oldi'ning rasmi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatidagi Kalinin tumanida fojia yuz berdi, deb xabar qildi “Tvzvezda.ru” nashri.

Hovlilardan birida o`q otar quroldan ayolga qarata o`q uzgan“Jip” haydovchisini ko`chadagi kuzatuv kamerasi suratga oldi. Kadrda mashinadan tushgan erkak ayolga qarata o`q uzgani, ayol yiqilish jarayonida boshi bilan boshqa mashinaga urilgani aks etgan. Voqea joyiga etib kelgan tibbiyot xodimlari ayolning hayotini qutqarib qololmadilar. “2017 yilning 15 fevral kuni huquq-tartibot idorasiga Bogdan Xmelniskiy ko`chasidagi uylardan birining hovlisidan oyog`i va qornidan yaralangan 37 yoshli ayol topilgani to`g`risida xabar berildi”, deb ma`lumot berdi Rossiya federasiyasi hududiy tergov qo`mitasi. Mazkur jinoyatni shu tumanda yashovchi, ayolga qo`shni turuvchi 51 yoshli erkak amalga oshirgan. U jinoyatni sodir etgan paytda mast bo`lgan. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Boshqa yangiliklar