Qozog`istonning Mangistau viloyatidagi Aktau shahrida yashovchi Sattigali Joldasbay ismli o`quvchi bola ko`zi ojiz insonlarga yordam beruvchi aqlli, SMART do`ppini yaratdi, deb xabar berdi “Mir24.tv” nashri.
Maktab bitiruvchisi bo`lgan Sattigali yaratgan do`ppi oddiy mobil telefondan olingan, vibromotorga signal uzatuvchi harakat datchigi bilan ta`minlangan. Qarshilik va to`siq paydo bo`lganda sensorlar vibrasiya berib, bu haqda odamni ogohlantiradi. “Odam o`z harakatlarini tuzatib, harakat yo`nalish burchagini o`zgartirishi mumkin. Loyiha Arduino mikroplatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan. Mening mazkur ixtirom ko`zi ojiz insonlarga katta yordam beradi, deb umid qilaman”, deydi Sattigali Joldasbay. U 18 fevral kuni Mangistau viloyatida o`tkaziladigan ilmiy loyihalar ko`rgazmasida ishtirok etadi. Sattigali o`tgan yilning yozida Malayziyada ikki haftalik maxsus kursda ta`lim olib qaytdi.
01.04.2023, 11:02
Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum...03.02.2023, 10:42
Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...02.02.2023, 11:56
Turkiston viloyatidagi qator hududlarda kuchli suv toshqini kuzatilmoqda. Ma`lumotni Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasdiqladi.Ma`lum qilinishicha, Qozog`istonda Kentau va Turkiston shaharlari hamda 3 ta tumanda suv...01.02.2023, 11:14
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog`istonda “ikkinchi Ukraina” tashkil etilishi haqidagi savolga javob berdi.“Yana bir bor ta`kidlamoqchimanki, Rossiya-Qozog`iston ittifoqining yanada rivojlanishiga qarshi bo`lganlarning barcha...