AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Germaniyaning saylangan Federal prezidentini tabrikladi

'​Shavkat Mirziyoev Germaniyaning saylangan Federal prezidentini tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Frank-Valter Shtaynmaerni Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.

“Bo`lib o`tgan saylovlar sezilarli iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega jahonning etakchi davlatlaridan biri – Germaniyaning xalqaro nufuzini mustahkamlashga Sizning muhim va tajribali davlat arbobi sifatida qo`shgan munosib hissangiz evaziga qozongan yuqori ishonch va hurmatni tasdiqlaydi”, - deya maktubda qayd etildi.

Ta`kidlandanidek, 1991 yil 31 dekabrda Germaniyaning mamlakatimiz mustaqilligini birinchilardan tan olgani O`zbekistonda yuqori baholanadi. O`tgan yillar hamda muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasi O`zbekiston va Germaniyaning bir-biridan o`zaro manfaatdor ekanligini namoyish etdi.

O`zbekiston ikki va ko`p tomonlama munosabatlarning barcha masalalari bo`yicha ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, ikki tomonlama va o`zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, birinchi galda, savdo-iqtisodiy, investision, texnologik, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek yaqin madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirishga ishonadi.

Davlatimiz rahbari Frank-Valter Shtaynmaerni o`ziga qulay vaqtda O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Boshqa yangiliklar