1

​Pensionerlar nafaqa pulini qanday shaklda olishni o`zlari tanlashi mumkin

Jamiyat 16.02.2017, 14:59
Teglar: Pensiya
​Pensionerlar nafaqa pulini qanday shaklda olishni o`zlari tanlashi mumkin

Pensiyalarni to`liq hajmda naqd pulda to`lashni ko`zda tutgan O`zbekiston Prezidentining 2 fevraldagi qarori mamlakatning ko`plab pensionerlari uchun uzoq kutilgan yangilik bo`ldi. Ayni paytda, plastik kartochkalarning afzalligini e`tirof etayotganlar ham ko`pchilikni tashkil etmoqda. Xususan, «Gazeta.uz"ga murojaat qilgan ayrim pensionerlar mazkur masalaning noaniqligicha qolayotganidan xavotirini bildirib, kartalarning ustun jihatlari: pulning tezroq tushishi, kommunal va boshqa xizmatlar uchun to`lovning qulayligi va hokazolarni ma`lum qilmoqda.

Shu munosabat bilan tahririyat Markaziy bank matbuot xizmatiga tushuntirish so`rab murojaat etdi. Aniqlanishicha, Markaziy bank ham ayni shu masalada ko`p miqdordagi murojaatlarni qabul qilib olgan. Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, pensiyani to`lash shaklini tanlash uchun pensionerlar yashash joyi bo`yicha byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi bo`limlariga murojaat etishlari lozim.

Barcha bo`limlar tegishli ariza blankalari bilan ta`minlangan bo`lib, ularda pensionerlar kelgusida pensiyani qanday shaklda — to`liq naqd, to`liq kartaga, qisman naqd va qisman kartaga — olishni istashini belgilashi mumkin.

MB qonunchilikka muvofiq mablag`larni plastik kartalarga o`tkazish fuqaroning byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi bo`limida pensiyaning bir qismini kartaga o`tkazish haqidagi yozma arizasiga asosan amalga oshirilishini eslatib o`tdi. Pensiya jamg`armasi bo`limi bankka fuqaro arizasida ko`rsatilgan pul mablag`ini bankka o`tkazib beradi.

Pensiyalarni to`lash uchun naqd pullarni banklar kassasidan tarqatilishi pochta bo`limlari jadvali asosida amalga oshiriladi

Sharhlar

Fransiya bo`ylab minglab odamlar Makronning pensiya islohotiga qarshi namoyishga chiqdi (video)

20.01.2023, 11:24

Fransiyada mamlakatning yirik kasaba uyushmalari uyushmasi tomonidan pensiya yoshini 64 yoshga ko`tarishga qarshi ommaviy ish tashlash va norozilik namoyishlari boshlandi. Tashkilotchilar rejasiga ko`ra, mitinglar Fransiyaning...
Pensiya davrida yashash uchun eng yaxshi mamlakatlar ro`yxati e`lon qilindi

18.12.2021, 22:58

Our Life Plan portali Express nashri bilan hamokorlikda Pensiya davrida yashash uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingi e`lon qilindi. Tadqiqotchilar ma`lumotiga ko`ra, pensiya davrida yashash uchun eng...
Hozirgi kunda bir oylik o`rtacha pensiya miqdori qancha?

30.10.2021, 20:27

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-2021 yillardagi Farmonlariga asosan pensiyalarning miqdori 67 marotaba oshirildi. Bu haqda pensiya jamg`armasi xabar berdi.Pensiya jamg`armasi tizimida hisobga olingan pensiya oluvchilarning 2016...
O`zbekistonda pensiyalar miqdori 30 yilda 67 marta oshirilgan 

20.10.2021, 07:50

Rasmiy xabarga ko`ra, 1991-2021 yillarda 67 marta pensiya miqdori oshirilgan.Shuningdek, 2021 yil sentyabr oyida bir oylik o`rtacha pensiya miqdori quyidagini tashkil etgan: Toshkent shahrida - 1...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1