1

​Hilol Nasimovning vatanparvarlik ruhidagi navbatdagi filmi katta ekranlarga chiqish arafasida(Foto va video)

Shou-biznes 17.02.2017, 10:39
Teglar: Kino, Film
​Hilol Nasimovning vatanparvarlik ruhidagi navbatdagi filmi katta ekranlarga chiqish arafasida(Foto va video)

Kinorejissyor Hilol Nasimov “Muqaddas istak” deb nomlangan film suratga oldi. Filmda 1989-yildan 1992 yilgacha bo`lgan davr voqealari haqida hikoya qiladi. Film namoyishi tez kunda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.


“Aslida, Mustaqilligimizning 20 yilligiga kamida 20 qismdan iborat serial suratga olish uchun to`laqonli ssenariy yozib, katta tayyorgarlik ko`rgandim. Lekin ba`zi sabablarga ko`ra bu niyat amalga oshmadi. Niyatim xolis ekan, "O`zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga ko`ra tugal ssenariy bilan real voqealarga asoslangan, aniqrog`i, 1989 yildan 1992 yilgacha bo`lgan davr voqealarini o`zida qamrab olgan "Muqaddas istak" filmini suratga oldim. Ekstremizm haqida ko`plab filmlarim bor, lekin ularning kelib chiqishi, yurtimizga kirib kelish tag-zamiri qaerdaligi ochiq savol bo`lib qolgan. "Muqaddas istak" filmi orqali mazkur savolga javob topish imkoni bo`ladi. Tang ahvolga kelib qolgan davlatning inqirozi, bir burda nonga qanday erishilgani, och-nahor aholining chorasizligi haqidagi gaplar bugungi yosh avlodga cho`pchakdek tuyulishi mumkin. Lekin real voqealarni ekranda ko`rgach, har bir tomoshabinda bugungi farovon hayotimiz, mustaqilligimizga shukr qilib, uni asrab-avaylash hissini kuchaytirishiga ishonaman. Kattalarimiz "O`tgan kuningni unutma, eski chorig`ingni quritma", deb bejiz aytishmagan, axir”,—deydi rejissyor film haqida.


Film ssenariysini ham Hilol Nasimovning o`zi yozgan. Bu haqda rejissyor quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Agar ko`ngildagidek ssenariy yoza oladigan ssenariynavis bo`lsa, bajonidil bu ishni unga topshirib, o`zim tayyorgarlik ishlari bilan shug`ullangan bo`lardim. Ssenariy yozish oson ish emas, film real voqealarga asoslangan, siyosiy voqealarni o`z ichiga olgani bois har bir detalni o`rganib chiqishga to`g`ri keladi. Aytib o`tish joiz, bu ishda huquq-tartibot idoralarining yordami katta bo`ldi.


Ssenariy yozishning qulayligi shundaki, qoralama yozish asnosida xayolimda kadr­lar shakllanadi, aniq aktyorlar ko`z oldimga keladi. Vaqtimni qizg`onganim bois ssenariyni tezis shaklida yozaman. Avvallari badiiy kengash a`zolari "Badiiylik, aniq tasvirlar etishmayapti", deb qaytarishardi. Keyinchalik esa aniq kadr-lar tezisdan o`rin olgani, qolgani tasavvurimda shakllangani va ular birlashib, yaxlit film bo`lishini tushunib etishdi (kuladi).


Yaqinda bir-ikkita rejissyorga original ssenariyni rejissyorlik ssenariysiga o`girib, qayta ishlash ishonib topshirilganida davlatning anchagina mablag`ini eb yurishgani, lekin natija bo`y ko`rsatmaganiga guvoh bo`ldik. Oxiri ularni topshirilgan filmdan chetlatishga ham to`g`ri keldi. Aytmoqchimanki, ssenariy yozish uchun ham etarlicha tajriba talab etiladi”.


Ma`lumot uchun, “Muqaddas istak” filmi Namangan viloyatida suratga olingan.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ayni damda “Kinochilar uyi”da “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti boshlanish arafasida

22.12.2021, 17:56

Bugun, 22 dekabr kuni Kinochilar uyida O`zbekiston Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan an`anaviy “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri...
DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi

26.09.2021, 14:30

Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik. Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan. Ma`lumotga ko`ra, mazkur...
"Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi

16.09.2021, 10:26

Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal...
“Soddadil” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

16.08.2021, 17:46

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Soddadil” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.Bu haqda kinemotografiya agentligi axborot xizmati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1