AsosiyDunyo

​Samsung rahbari prezidentga pora berganlikda ayblanib, qo`lga olindi

'​Samsung rahbari prezidentga pora berganlikda ayblanib, qo`lga olindi'ning rasmi

Samsung korporasiyasi rahbari Li Chje Yona Seul sudi tomonidan poraxo`rlikda ayblanib, qo`lga olindi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Uning hibsga olinishi Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi navbatdagi korrupsion janjalga sabab bo`ldi.

Sud yakuniy qaror chiqargunga qadar Samsung korporasiyasi rahbari mamlakat poytaxtidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Yivan shahridagi qamoqxonada saqlanadi. Tergov fevral oyida tugashi kerak, agar ulgurmasa bir oyga uzaytirilishi mumkin.

Janubiy Koreya prezidenti atrofida 2016 yilning oktyabr oyida korrupsion janjal kuchaygan edi. Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, mamlakat prezidenti Janubiy Koreyadagi yirik kompaniyalardan turli xil jamg`armalarga pul o`tkazishni talab qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar