AsosiyDunyo

​Praga aeroportiga bomba qo`yilgani haqidagi xabar yolg`on bo`lib chiqdi

'​Praga aeroportiga bomba qo`yilgani haqidagi xabar yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

Praga shahridagi Vaslav Gavel nomidagi xalqaro aeroportining ikkinchi terminali o`z ishini tikladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

16 fevral kuni, aeroportga bomba qo`yilgani haqida telefonda xabar berilgandan keyin sapyorlar uni to`liq tekshirib chiqdi va aeroport xodimlarini, yo`lovchilarini terminal hududidan evakuasiya qildi. Mutaxassis kinologlar o`rgatilgan maxsus itlar yordamida ikki soat davomida aeroport hududini tekshirib chiqib, shubhali buyumni topmadi. Ayni paytda ikkinchi terminal orqali Shengen mintaqasiga parvoz qiladigan samolyotlar reysi o`z ishini davom ettirmoqda. Ba`zi bir samolyotlar belgilangan vaqtdan kechroq uchdi. Ishning majburiy to`xtatilgani qancha moliyaviy zarar keltirgani haqida kechroq ma`lum qilinadi. Vaslav Gavel aeroportining dunyoning boshqa regionlariga parvozni amalga oshiruvchi birinchi terminali o`z ishini to`xtatmadi. Shengen mintaqasidan uchib kelgan samolyotlar ham birinchi terminalga qo`ndi.

Boshqa yangiliklar