AsosiyDunyo

​Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti lavozimida ish boshladi

'​Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti lavozimida ish boshladi'ning rasmi

Turkmanistonning saylangan prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobod shahridagi Ruhiyat Saroyida inaugurasiya munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda qasamyod qabul qildi, deb xabar berdi “Interfax.ru” nashri.

U o`ng qo`lini Konstitusiya ustiga qo`yib, prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Shundan keyin mamlakatning saylangan rahbariga prezidentlik guvohnomasi topshirildi. Davlat madhiyasi yangradi, Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston davlat bayrog`iga hurmat bajo keltirdi va uning o`z vazifasini ado etishga kirishgani tantanali ravishda e`lon qilindi.

Turkmaniston prezidentligi uchun o`tkazilgan saylovda 9 nafar nomzod ichidan Gurbanguli Berdimuhamedov 97, 28 % ovoz bilan g`alaba qozondi.

Boshqa yangiliklar